
- 15
- 17.11.2025 15:48:00
“Dyuna 3” suratga olish jarayonlari rasman yakunlandi
Denis Villnev rejissyorligidagi mashhur ilmiy-fantastik saga yana bir muhim bosqichni ortda qoldirdi. Film ustida olib borilgan uzoq davomli ishlar nihoyasiga yetib, endi loyiha post-produksiya bosqichiga o‘tadi.
Uchinchi qismning premyerasi 2026-yil 18-dekabrga belgilangan. Muxlislar Pol Atreydes hikoyasining navbatdagi bosqichini intiqlik bilan kutmoqda. Film franshiza tarixida eng katta vizual effektlar va keng qamrovli sahnalar bilan ajralib turishi kutilmoqda.





