
- 0
- 06.06.2026 14:27:00
- 1 daq o'qish
6-iyun tongida Ukraina dronlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatiga hujum qildi. Mahalliy hokimiyat vakillari bu holatni tasdiqladi.
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov aholini uyda qolishga chaqirib, zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi. Hujum sabab shaharda mobil internet va aloqa xizmatlarida uzilishlar kuzatildi.
Leningrad viloyati rahbari Aleksandr Drozdenko hudud osmonida 141 ta dron yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Ularning qoldiqlari bir necha tumanlarga tushgan, ayrim hududlarda yong‘inlar ham qayd etilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar haqida hozircha xabar yo‘q. Zarar miqdori ham aniq emas.
Ayrim manbalarga ko‘ra, hujum harbiy va infratuzilma obyektlariga qaratilgan bo‘lishi mumkin, ammo bu hali tasdiqlanmagan.