
- 1
- 14.09.2026 13:47:00
- 1 daq o'qish
Qarshi shahrida Damas avtomobilini haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib, ko‘p qavatli uylar orasida yuqori tezlikda harakatlangan 21 yoshli haydovchi ushlandi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Haydovchi profilaktika inspektori va fuqarolarning to‘xtash haqidagi ishoralariga bo‘ysunmagan. Shu paytda ko‘chada bolalar o‘ynayotgan bo‘lgan. Damas katta tezlikda kelganida, bolalar yo‘lning ikki chetiga qochishga majbur bo‘lgan.
Haydovchining umuman haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan. U Damasni akasidan ruxsatsiz olib ketganini aytgan va qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan bir nechta ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.