
- 1
- 13.08.2026 18:43:00
- 1 daq o'qish
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Nexia-2 haydovchisi ushlandi.
Tungi xizmat vaqtida YPX xodimlari hujjatlarni tekshirish uchun avtomobilni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Biroq haydovchi to‘xtamasdan qochishga uringan. Uni boshqa YPX ekipaji ham to‘xtatishga harakat qilgan, ammo haydovchi harakatini davom ettirgan.
Patrul avtomobillari yo‘lini to‘sishga uringanida, haydovchi xizmat mashinasiga urilib, yana voqea joyidan qochishga harakat qilgan.
Tezkor choralar natijasida haydovchi qo‘lga olingan. U hujjatlari yo‘qligi sababli YPX xodimlaridan qo‘rqib qochganini aytgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.