
- 1
- 01.11.2023 07:45:00
Isroilning G‘azodagi qochqinlar lageriga hujumi oqibatida 50 ga yaqin odam halok bo‘ldi
Isroilning G‘azo shimolidagi Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.
Isroilning turar joy hududini nishonga olishi oqibatida 20 ta uy butunlay vayron bo‘lgan. Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi podpolkovnik Richard Xet zarbani Isroil harbiylari amalga oshirganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum nishoni HAMAS qo‘mondoni bo‘lgan.
Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagarining matbuot anjumanida aytishicha, isroillik harbiylar HAMAS qo‘mondonlaridan biri Ibrohim Biariyni Jabaliyaga zarba berish chog‘ida “yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan”.