Donni Yen “Jon Uik” olamiga qaytmoqda: Keyn haqidagi yangi loyiha suratga olinishi boshlandi. 

  • 4
  • 27.04.2026 18:22:00
  • 2 daq o'qish

   Donni Yen “Jon Uik” olamiga qaytmoqda: Keyn haqidagi yangi loyiha suratga olinishi boshlan     di.

  “Jon Uik” muxlislari xursand bo‘lishsa bo‘ladi, chunki tez orada katta ekranlarda hikoyaning davomi paydo bo‘ladi. “Jon Uik” filmining suratga olish jarayonlari boshlandi.  Donni Yen suratga olish ishlari boshlanganini e’lon qildi va o‘z blogida film afishasini joylashtirib, unga: “Mana hammasi boshlandi”,- deya qiziqarli izoh qoldirdi.

    Syujet “Jon Uik 4” filmidan keyingi voqealarga qaratiladi. Keyn “Oliy Stol” oldidagi majburiyatlaridan ozod bo‘ladi, biroq u o‘tmishidan voz kecha olmaydi. Shuningdek, loyihaga Rina Savayama ijrosidagi Akira personaji ham qo‘shilishi kutilmoqda. Ammo premyera sanasi hozircha sir saqlanmoqda.

    Ma’lumot uchun, Kianu Rivz bosh rolni ijro etgan “Jon Uik”ning birinchi qismi 2014-yilda chiqqan va u hanuzgacha jangari  janridagi eng sara filmlardan biri bo‘lib qolmoqda. Aytgancha, “Jon Uik” franshizasi asosida anime va samuray-vestern janridagi yangi loyiha  ham yaratilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News