
- 0
- 12.10.2026 11:34:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar uchun chiptalar narxi 2026-yil 16-oktabrdan boshlab o‘rtacha 20 foizgacha pasaytirildi. Qayd etilishicha, prezident topshirig‘i ijrosi doirasida ichki aviaqatnovlar bozori, amaldagi tariflar va narx shakllanishi o‘rganilgan. Tashish xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, Raqobat qo‘mitasi va "Uzbekistan Airways" AJ hamkorligida ichki yo‘nalishlar tariflari qayta ko‘rib chiqilgan.
Narxlarning pasaytirilishi aviaqatnovlarni aholi uchun hamyonboproq qilish, ichki turizmni rivojlantirish hamda hududlar o‘rtasida qatnovlarni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, bu o‘zgarishlar xizmat safarlari va shaxsiy sayohatlarni rejalashtirishda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.