
- 1
- 15.04.2025 11:34:00
- 1 daq o'qish
Telejurnalist Ramina Yagafarovaning o‘limida aybdor deb topilgan xususiy klinikaning ikki shifokoriga jinoiy jazo tayinlandi. Yagafarova 2023-yil sentabrda xususiy klinikada davolanayotgan onasini ko‘rish uchun kelganida, betobligi sababli o‘zi bilan birga olib kelgan “Taygeron” dori vositasidan anafilaktik shok holatiga tushib, vafot etgan. Shifokorlar protokollarga zid ravishda unga reaksiyani kuchaytiruvchi dorilar va narkotik moddali “Promedol”ni qo‘llashgan. Shuningdek, bemor 12 soat qarovsiz qolgan va oqibatda vafot etgan. Ikkala shifokor ham 1 yil 6 oy reanimatolog bo‘lib ishlash huquqidan mahrum etilib, 4 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Ramina Yagafarova “Dunyo bo‘ylab” telekanalida rus tilida efirga uzatiladigan “Svoimi glazami” hamda “Aktualno” dasturlarini olib borgan telejurnalist edi.