
- 0
- 24.10.2023 12:00:00
Messi uchun alohida “Oltin to‘p” kerakmi?!
Avvalroq taniqli nashrlar “Oltin to‘p” bu yil Lionel Messiga topshirilishi haqida insayd e’lon qilganidan xabaringiz bor. Shundan so‘ng, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Oltin to‘p” mukofotiga munosabat bildirdi. Pepning fikricha, Lionel Messi uchun alohida “Oltin to‘p” yaratilishi kerak.
“Oltin to‘p” ikki xil bo‘lishi kerak. Biri Messi uchun, ikkinchisi esa qolganlar uchun. Axir, Holand ham treblga erishdi, 50 millionta gol urdi. U ham “Oltin to‘p”ni yutishi kerak. Messining eng yomon mavsumi – bu qolgan o‘yinchilar uchun eng yaxshi mavsumdir!” – dedi Gvardiola.