
- 7
- 24.03.2023 14:38:00
DOʻLMA
Biz sizlar uchun maxsus kunlarning ajralmas issiq taomlaridan biri bo‘lgan “doʻlma” retseptini tayyorladik.
Masalliqlar:
- 300 gr tok bargi
- 1 dona limon
- 4 osh qoshiq zaytun yogʻi
- 1,5 stakan issiq suv
Ich masalligʻi uchun
- 1/2 stakan zaytun yogʻi
- 3 dona oʻrtacha kattalikdagi piyoz
- 1,5 stakan guruch
- 1 stakan issiq suv
- 1 osh qoshiq qaragʻay yongʻogʻi
- 1 osh qoshiq mayiz
- 1 choy qoshiq tuz
- 1 choy qoshiq murch
- 1 choy qoshiq yalpiz
- 1 choy qoshiq xushboʻy qalampir
- 1/2 choy qoshiq dolchin
TAYYORLANISHI
- Doʻlmaning aralashmasini tayyorlash uchun yarim stakan zaytun yogʻini chuqurroq qozonda qizdiring. 3 dona qirgʻichdan oʻtkazilgan piyozni ozgina rang olguncha qovuring. Orqasidan ustiga 1,5 osh qoshiq qaragʻay yongʻogʻini solib qovurishda davom eting.
- Iliq suvda 5 daqiqa kutib, suvini suzib 1,5 stakan guruchni piyozlar bilan birga guruchlar shaffof koʻrinishga kelguncha qovuring.
Orqasidan navbat bilan 1 osh qoshiq mayiz, 1 choy qoshiq tuz, murch, xushboʻy qalampir va dolchin solib aralashtiring.
- Oʻrtacha 1 stakan issiq suv qoʻshing va ich masalliqni past olovda 5 daqiqa pishirib olgandan keyin gazdan oling.
- Tuzli suv tok barglarini stolning ustiga (ildizli taraflari ustida qolishi kerak) oching. Har bir bargning oʻrtasiga: tayyorlab, iliq holatga keltirgan ich masalliqdan bir choy qoshiqdan qoʻyib chiqing.
- Chetlarini ichga olib, keng tarafidan uch tarafiga toʻgʻri oʻrashni boshlang.
- Barcha barglarni mahkam tarzda oʻrab chiqing
- Doʻlma qozonining asos qismini bir qancha tok bargi bilan qoplang.
- Tayyorlagan doʻlmalarni, navbat bilan tizishni boshlang. Limonni halqa-halqa boʻlaklarga boʻlgandan keyin doʻlmalarning ustiga joylashtiring.
- Pishish asnosida ochilmasligi uchun ustlarini tekis likopcha bilan yoping. 1,5 stakan issiq suv va 2 osh qoshiq zaytun yogʻini qozonga solgandan keyin doʻlmalarni past olovda oʻrtacha 35 daqiqa pishiring.