• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Dendropark”dagi noqonuniy binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi

“Dendropark”dagi noqonuniy binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi
  • 6
  • 08.11.2023 10:05:00

“Dendropark”dagi noqonuniy binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi

Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon ilmiy-tajriba xo‘jaligi (xalq tilidagi “Dendropark”) hududidagi  noqonuniy binolarni buzish boshlandi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining xabar berishicha, ular sud qarori asosida buzilmoqda.

Ushbu hududda daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlanib, Jinoyat kodeksining 198 (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgandi.

 

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News