Nyu Yorkda Delta samolyotlari to‘qnashdi

Nyu Yorkda Delta samolyotlari to‘qnashdi
  • 2
  • 02.10.2025 13:39:00
  • 1 daq o'qish

1-oktabr kuni Nyu Yorkdagi LaGuardia xalqaro aeroportida Delta Air Lines’ga tegishli ikki samolyot taksi yo‘lagida to‘qnashdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 5155-reys qanoti 5047-reys fyuzelyajiga tekkan. Hodisa oqibatida bir bort kuzatuvchi yengil jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. 5155-reys bortida 32 kishi, 5047-reysda esa 61 kishi bo‘lgan. Yo‘lovchilar xavfsiz tarzda samolyotdan tushirilib, terminalga yetkazilgan. To‘qnashuv sababi hozircha noma’lum.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News