• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

O‘zbekistonda 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi”ni maktablarga yetkazib berish boshlandi

O‘zbekistonda 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi”ni maktablarga yetkazib berish boshlandi
  • 0
  • 11.08.2023 15:55:00

O‘zbekistonda 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi”ni maktablarga yetkazib berish boshlandi

O‘zbekistonda 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bola uchun “Prezident sovg‘asi” xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda. 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:

  • O‘quvchi sumkasi;
  • 12 dona daftar;
  • Rasm daftari;
  • Akvarel bo‘yoqlari;
  • Rangli qog‘oz;
  • Qalamdon;
  • Sharikli ruchka;
  • Rangli qalam;
  • 2 dona oddiy qalam;
  • Plastilin;
  • Yelim;
  • 2 dona o‘chirg‘ich.

Qayd etilishicha, “Prezident sovg‘asi” 25-avgustiga qadar vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda  umumta’lim maktablariga yetkaziladi.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News