
- 1
- 12.05.2026 10:30:00
Mazali salat retsepti😍
Masalliqlar:
200 gr qaynatilgan tovuq go‘shti
100 gr pishloq
300 gr mayonez
4 dona tuxum
3 dona qaynatilgan lavlagi
2 dona qaynatilgan sabzi
Tayyorlanishi:
Hamma masalliqlar somoncha shaklida to‘g‘rab olinadi. Keyin, tagi yalpoq idishga birinchi qaynatilgan tovuq go‘shti, mayonez, pishloq, mayonez, tuxum, mayonez, sabzi, mayonez, lavlagi, mayonez ustma-ust tahlab chiqiladi. Natijada, masalliqlar tartib bilan qavatma-qavat joylashib, salat ko‘rinishini yanada chiroyli qiladi. Oxirida, salat usti maydalangan yong‘oq va ko‘katlar bilan bezatilib, 20 daqiqaga muzlatkichga yuboriladi. Salatimiz tayyor.
Yoqimli ishtaha!





