Mazali tort retsepti🍰

Mazali tort retsepti🍰
  • 6
  • 04.06.2026 11:08:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
2 dona tuxum
bir chimdim tuz
1 stakan shakar
1 stakan kefir yoki yogurt
4 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
1 stakan un
2 osh qoshiq kakao
1 choy qoshiq osh sodasi

Kremi uchun:
600 gr smetana
6 osh qoshiq qand upasi

Tayyorlanishi:
Idishga tuxum, shakar va tuz solinib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng, o‘simlik yog‘i va kefir qo‘shiladi. Oxirida, un, kakao va osh sodasi solinib, quyuqroq xamir holiga keltiriladi va 20–22 sm diametrli qolipga quyilib, 180°C da taxminan 40–45 daqiqa pishiriladi. Kremi uchun smetana qand upasi bilan bir xil massa bo‘lguncha aralashtirib olinadi. Pishgan biskivitning ustki qismi, bezak uchun kesib olinadi. Keyin, biskivit 3 qatlamga bo‘linib, oralariga krem surtiladi. Biskivitning ustki va yon tomonlariga ham krem surtilib, hohishga qarab bezatiladi va bir kunga muzlatkichga yuboriladi. Mazali tortimiz tayyor!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News