- 1
- 07.10.2024 08:04:00
Mazali rogalik
Bugun “Lazzat dunyosi” juda mazali, mayin va og‘izda eriydigan “Mazali rogalik” retseptini taqdim etadi.
🥣Masalliqlar:
🍚Un 400 gr;
🧈Sariyog‘ 300 gr;
🥛Qaymoq 300 gr;
1 choy qoshiq razrixlitel;
🌰Maydalangan yong‘oq;
🫗Quyultirilgan sut;
3 dona tuxum;
👨🍳Tayyorlanishi:
- Margarin un bilan birga aralashtirib, uvalanib, qaymoq, tuxum va soda solib, xamir qoriladi va u 4 ta zuvalaga ajratib olinadi. 15 daqiqaga sovutgichga qo‘yiladi.
- 15 daqiqa muzlatgichda tindirilgan xamir qalinligi 0,5 sm bo‘lgan aylana qilib yoyiladi.
- Har bir xamir doirasi maxsus pichoq yardamida bo‘lakka bo‘linadi. Bo‘lakchalarga yong‘oqli nachinka surtiladi
- So‘ngra xamirning keng tomonidan ingichka tomoniga qarata rogalik qilib o‘raladi.
- Duxovka listiga maxsus pishiriq qog‘ozi yoziladi hamda ustidan rogaliklar teriladi.
- Oldindan 190-210 °C gacha qizdirilgan pechda taxminan 30 daqiqa davomida pishiriladi.
- Rogaliklar yaxshilab sovugach yanada mazali bo‘lishi uchun ustidan qand upasi sepiladi.
Yoqimli ishtaha😋