• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etdi

Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etdi
  • 2
  • 04.03.2026 14:34:00

Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etdi

Cristiano Ronaldo oilasi bilan Saudiya Arabistonini shoshilinch tark etdi. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi shaxsiy samolyotda uchib ketgan. Parvozlarni kuzatish tizimida uning samolyoti Madridga qo‘ngani qayd etilgan.

Ronaldu Al-Nassr FC safida to‘p suradi va Ar-Riyod shahrida turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges hamda besh farzandi bilan yashab kelayotgandi. Ma’lum qilinishicha, o‘tgan hafta oxirida shahar dron hujumlariga uchragan. Bu voqealar Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat keskinlashuvi bilan bog‘lanmoqda. Hujumlar davom etayotgani futbolchining mamlakatni tark etish qaroriga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi.

Shuningdek, fevral oyida u klub rahbariyatidan norozi ekanini bildirib, bir muddat jamoa o‘yinlarini boykot qilgandi. Ronaldu Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi klubga boshqa jamoalarga nisbatan kamroq e’tibor va mablag‘ ajratayotganini tanqid qilgan, xususan Al Hilal SFC bilan taqqoslagan edi. Keyinchalik u yana jamoa safiga qaytdi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News