• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Qatiqli qarsildoq kartoshka

Qatiqli qarsildoq kartoshka
  • 0
  • 10.08.2023 10:10:00

Qatiqli qarsildoq kartoshka

Yoz fasliga mos, oson va tez tayyor bo‘ladigan retsept bilan keldik 😍 Saqlashni va Qatiqli qarsildoq kartoshka retseptini sinab ko‘rishni unutmang😉


🥔 Masalliqlar:
Qaynatish uchun:
8-10 kartoshka
1 choy qoshiq tuz
2 litr suv


🍶Sous uchun:
1 dona sarimsoq;
Bir chimdim kashnich;
Bir chimdik shivit;
5 qoshiq yog‘;
1 choy qoshiq tuz;
1 choy qoshiq qizil qalampir;
1 osh qoshiq sariyog‘;
3 osh qoshiq yog‘;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

  - Qozonga suv, tuz va yaxshilab yuvilgan kartoshkani solib qaynatamiz. 

- Kartoshkaning pishishini sanchqi yordamida tekshirib turamiz.

- Patnisga maxsus qog‘oz yozib, ustiga kartoshkalarni terib chiqib, stakan yordamida maydalab, pechga qo‘yamiz. 

-Ko‘katlar va sarimsoqni to‘g‘rab olib, tuz, maydalangan qizil qalampir qo‘shib, ustiga qizdirilgan yog‘ni qo‘shing.

- Kartoshka qizargandan keyin pechdan chiqarib, qatiqli sous bilan dasturxonga tortamiz.

📍Yana bir eslatma:

Bundan tashqari, kashnich o‘rniga petrushka qo‘shishingiz mumkin. Kartoshka yaxshiroq qizarishi uchun, yog‘ surishingiz ham mumkin.

Yoqimli ishtaha😋
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News