• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Pishloqli qarsildoq kartoshka

Pishloqli qarsildoq kartoshka
  • 2
  • 12.10.2023 13:55:00

Pishloqli qarsildoq kartoshka

Pishloq bilan pishirilgan kartoshka tayyorlab, oila a’zolaringizni xursand qiling.😍

🥔Masalliqlar:

8-10 dona kartoshka;
2 osh qoshiq sariyog‘;
3 osh qoshiq zaytun yog‘i;
1 choy qoshiq tuz;
1 choy qoshiq maydalangan qizil qalampir;
1 choy qoshiq timyan;
1 choy paprika;
1 stakan cheddar, mozzarella va parmesan pishlog‘i (biz mozzarella va cheddar pishlog‘idan foydalandik)

🍚Mayonezli sousi uchun:

2 osh qoshiq mayonez
1 osh qoshiq qatiq

🧀Ustiga sepish uchun:

2 osh qoshiq cheddar pishloq
¼ maydanoz

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Kartoshkani yuving va ikkiga bo‘ling.
Idishga taxminan 20 gr eritilgan sariyog‘, ziravorlar va pishloq qo‘shib, aralashtiring.
So‘ngra, kartoshkalarni terib chiqing.
Kartoshkaning ustiga zaytun yog‘i, pishloq va kashnich qo‘shing.
Oldindan qizdirilgan duxovkada 220 gradus issiqlikda 30 daqiqa davomida pishirib oling.

Pishloqli qarsildoq kartoshkalarimiz tayyor, dasturxonga sous bilan tortishingiz mumkin🥰

Yoqimli ishtaha! 😋

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News