• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Qarsildoq tovuq”

 “Qarsildoq tovuq”
  • 3
  • 16.09.2023 15:43:00

“Qarsildoq tovuq”

🧄Masalliqlar:

🍗Tovuq filesi;
🍚Un;
🥡Kraxmal;
🧄Sarimsoq;
🧂Tuz va ziravorlar;
O‘simlik va soya yog‘i;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

-  Ishimizni tovuq filesini to‘g‘rab olishdan boshlaymiz. 
-  Qarsildoq tovuq uchun tovuq oyoqchalri yoki qanotchalaridan ham foydalanishingiz mumkin. 
-  Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tqazib olamiz. 
-  To‘g‘rab olingan, tovuq filesiga 2-3 osh qoshiq soya yog‘idan quyib, tuz va paprika sepamiz. O‘simlik yog‘idan ham 2-3osh qoshiq quyib yaxshilab aralashtiramiz.
-  Un va kraxmalni aralashtirib olib, tovuq filesini hamma joyini unlab olamiz. 
-  Qizib turgan yog‘da qizartirib pishirib olamiz. 
Tayyor bo‘lgan qarsildoq tovuqlarni, xohishingizga qarab, mayonez yoki souslar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. 

Yoqimli ishtaha😋

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News