PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
  • 0
  • 02.04.2026 18:05:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentning Yashnobod tumanida mast holatda avtomobil boshqargan haydovchi yo‘l-transport hodisasi sodir etib, PPX xodimiga musht tushirdi. Hodisa 30-mart tungi vaqtda Malibu va Leapmotor avtomobillari ishtirokidagi YTHdan keyin yuz bergan.
PPX xodimlari mast haydovchini tekshirishga chaqirganida u qarshilik ko‘rsatib, bir xodimga musht ham tushirgan. Keyin esa u boshqa xodimlar xavfsizligi uchun maxsus vositalar yordamida zararsizlantirilgan. 
Qonunbuzar protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News