Shveysariyada Gulnora Karimovaga oid jinoyat ishi rasman yopildi

Shveysariyada Gulnora Karimovaga oid jinoyat ishi rasman yopildi
  • 0
  • 28.07.2026 18:00:00
  • 1 daq o'qish

Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga nisbatan olib borilgan jinoyat ishini tugatdi. Sud qaroriga ko‘ra, bunga javobgarlikka tortish muddati tugashi hamda Karimovaning yaqin vaqt ichida Shveysariyaga topshirilishi yoki ozod etilishi ehtimoli yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Biroq ushbu ish doirasida Jenevada joylashgan Lombard Odier xususiy banki noqonuniy daromadlarni yuvishning oldini olish uchun yetarli choralarni ko‘rmagani sababli 3 million Shveysariya franki miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, sud 400 million frankdan ortiq aktivlarni musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bankning sobiq hisob-menejeri esa 24 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Prokuratura Gulnora Karimovani 2005–2013-yillar davomida pora olish va jinoiy yo‘l bilan olingan yuzlab million dollar mablag‘larni Shveysariya banklari orqali yashirishda ayblagan edi. Sud esa ushbu ayblovlarning mazmuni bo‘yicha qaror chiqarmadi, balki ishni protsessual sabablarga ko‘ra tugatdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News