
- 5
- 29.11.2024 16:53:00
- 1 daq o'qish
Marhum bloger Farhod Mannopov o‘limi yuzasidan “Star Med Centr” xususiy klinikasining ikki shifokoriga jinoyat ishi ochilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, A. X. va J. Q. ga Jinoyat kodeksining 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llagan holda 2 yil tibbiyot sohasida tegishliligi bo‘yicha otolaringolog va anesteziolog-reanimatolog vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, J. Q. ga 2-yil tibbiyot sohasida anesteziolog-reanimatolog shifokor vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3-yil 6 oy 27 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoldirilishi belgilangan.
2023-yilning 5-mart sanasida “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etgan edi.