• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Koul Slou salati

Koul Slou salati
  • 4
  • 07.10.2023 08:58:00

Koul Slou salati

Biz sizga KFC va sendvich bilan ajoyib uyg‘unlik kasb etadigan hamda, qoshiqlab yesangiz ham to‘ymaydigan ajoyib salat retseptini taqdim etamiz. 😍

🥕Masalliqlar:

🥬1/4 karam
🥕3 ta sabzi
1 ta sarimsoq
🥛4 qoshiq qatiq
2 osh qoshiq mayonez
🥄1 osh qoshiq uzum sirkasi
🥄1 osh qoshiq shakar
🧂1 choy qoshiq tuz
 
👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Karamni iloji boricha mayda to‘g‘rang.
Karamni yumshatish uchun, bir chimdim tuz bilan yaxshilab aralashtiring.
Sabzini yuving, po‘stlog‘ini archib, qirg‘ichning qalin tomoni bilan chiqaring.
Barcha sabzavotlarni aralashtirish uchun katta idishga soling. 
🥣Keyin sarimsoq, qatiq, mayonez, uzum sirkasi, shakar va tuz qo‘shib, aralashtirishda davom eting. 
🍽Tayyor bo‘lgan salatni likopchaga solib, dasturxonga torting🥰

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News