
- 1
- 10.08.2026 09:00:00
Shokoladli keks🍰
Masalliqlar:
2 dona tuxum
2 dona banan
2 osh qoshiq shokolad pastasi
2 osh qoshiq kakao
1 qadoq razrixlitel
1 qadoq vanilin
1 choy stakan o‘simlik yog‘i
1 choy stakan sut
1,5 stakan un
Ustiga:
1 stakan sut
biroz tomchili shokolad
Tayyorlanishi:
Tovaga tuxum, banan va shokolad kremini solib yaxshilab aralashtiring.
So‘ng, qolgan masalliqlarni qo‘shib, bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring.
Tovaning qopqog‘ini yopib, past olovga taxminan 40–45 daqiqa pishiring.
Keyin keks ustiga 1 stakan sutni quying. Tomchili shokoladni sepib, qopqog‘ini yana yoping va 2–3 daqiqa pishiring. Mazali shokoladli keksimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha❤





