
- 5
- 23.05.2023 18:05:00
Cho‘zma
Ramazon oyi kirib kelishi bilan har bir xonadonda pishirish urfga kirgan cho‘zmani “Lazzat dunyosi” oshxonasida tayyorlab ko‘rdik va uning retseptini sizlarga ulashmoqdamiz.
🧄Masalliqlar:
1. Un
2. Sut
3. Xamirturush
4. Yog‘
5. Ta’bga ko‘ra tuz va iste’mol sodasi
6. Suv
🍚Tayyorlanishi:
Sutga suv , xamirturush, tuz va iste’mol sodasi solib, o‘rtacha qattiqlikda xamir qorib, 1soatga o‘rab qo‘yamiz.
Ko‘tarilgan xamirni zuvalachalarga bo‘lib, aylana shaklga keltirib, qizigan yog‘da pishirib olamiz.
Cho‘zmamiz tayyor, dasturxonga issiq holda tortishingiz mumkin😍
Siz ham uyingizda cho‘zma pishirdingizmi?
Qanday retseptdan foydalanganingizni izohlarda yozib qoldiring✍🏻





