
- 3
- 21.07.2023 16:46:00
O‘zbekistonda Xitoyning JAC avtomobillari ishlab chiqariladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarshi shahrida yangi avtomobil zavodi qurish va avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.
Zavod benzinda ishlaydigan oddiy avtomobillarni ham, elektromobillarni ham yig‘a oladi. Yangi zavodni ishga tushirish sanasi hali e’lon qilinmagan. Katta ehtimol bilan u Xitoyning JAC avtomobillarini ishlab chiqaradi.
Viloyat hokimi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olish uchun Xitoyga yo‘l oldi.
Yaqin kunlarda Xitoy avtomobilsozlik korxonasi rahbariyatining ham Qarshiga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Avvalroq Jizzaxda Chery avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan edi, bundan tashqari, yaqin kunlarda O‘zbekistonda Haval avtomobillari ham ishlab chiqariladi.
Manba: Xabar.uz





