Xitoyda ilk bor cho‘chqa jigari inson tanasiga ko‘chirib o‘tkazildi

Xitoyda ilk bor cho‘chqa jigari inson tanasiga ko‘chirib o‘tkazildi
  • 0
  • 09.10.2025 16:39:00
  • 1 daq o'qish

Xitoy olimlari dunyoda birinchi marta genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqaning jigarini tirik inson tanasiga ko‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. 71 yoshli erkak bemorga (u jigar saratoni va gepatit sababli paydo bo‘lgan siroz bilan og‘rigan) cho‘chqa jigari yordamchi organ sifatida o‘tkazilgan. Transplantatsiyadan so‘ng organ 38 kun davomida organizm tomonidan rad etilmagan va barqaror ishlagan. Biroq 38-kuni bemorda qon tomirlaridagi muammolar va immun tizimi reaksiyasi tufayli trombotik mikroangiopatiya rivojlanib, oshqozon-ichak qon ketishi oqibatida u hayotdan ko‘z yumgan. Shunga qaramay, tadqiqotchilar bu tajribani muvaffaqiyatli natija deb baholamoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, har yili minglab bemorlar donor organ topilmagani sababli vafot etadi.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News