Eronda maktabga berilgan zarbada halok bo‘lgan bolalar dafn qilindi

Eronda maktabga berilgan zarbada halok bo‘lgan bolalar dafn qilindi
  • 0
  • 24.07.2026 14:20:00
  • 1 daq o'qish

Eronning Minab shahrida AQSH va Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan bolalarning jasadlari dafn etildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisadan qariyb besh oy o‘tib, DNK tekshiruvlari orqali shaxsi aniqlangan 34 nafar bolaning jasadi dafn qilingan. Mutaxassislar ularga tegishli 68 ta tana bo‘lagini aniqlagan.
Biroq 7 yoshli Makan Nosiriyning jasadi hanuz topilmagan. U turgan joyga raketa to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib tushgani sababli uning qoldiqlarini topishning imkoni bo‘lmagan. Shu bois bola uchun ramziy bo‘sh qabr tayyorlangan. Uning qonga belangan sviteri va bitta krossovkasi mahalliy masjidda xotira sifatida saqlanmoqda.
Eron rasmiylariga ko‘ra, 2026-yil 28-fevral kuni Minab shahridagi qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 168 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati 7–12 yoshli o‘quvchi qizlar hamda bir necha nafar o‘qituvchi bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News