
- 0
- 04.07.2026 15:16:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning Denizli shahrida uyda o‘ynab yurgan kichkina bola derazadan chiqib, balkonni o‘rab turgan xavfsizlik to‘rining tashqi tomoniga o‘tib ketdi.
Holatni payqagan ona darhol bolasini ushlab qolgan, biroq uni yuqoriga tortib chiqara olmagan. U taxminan 10 daqiqa davomida bolasini qo‘yib yubormaslikka harakat qilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar narvon yordamida balkonga chiqib, xavfsizlik to‘rini kesib, bolani qutqarib qolishdi.