
- 3
- 24.05.2023 12:56:00
Chilbir
Nonushtangiz uchun “Lazzat dunyosi” oshxonasidan yangi “Chilbir” retsepti😍
Retseptni yaqinlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang!
🥚 Masalliqlar:
2 dona tuxum;
1 stakan qatiq;
1 dona sarimsoq;
1 osh qoshiq sariyog‘;
1 choy qoshiq qizil qalampir kukuni;
2 osh qoshiq sirka;
Ta’bga ko‘ra tuz;
🥣Tayyorlanishi:
– Qozonga suv solib, olovga qo‘yib, tuz, sirka va yog‘ solib qaynating.
– Suv qaynagach, tuxumni chaqib soling.
– Boshqa idishga qatiq solib, ichiga tuz va maydalangan sarimsoq soling va yaxshilab aralashtirib, boshqa likopchaga soling.
– Issiq holdagi tuxumlarni qatiqning ustiga joylashtiring.
– Sariyog‘ni tovada eritib qizil qalampir qo‘shing va aralashtirib, olovdan oling va tuxumlarning ustiga quying.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif:
Xohlasangiz, to‘g‘ralgan shivit bilan bezatishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha 🤤