
- 0
- 07.08.2025 11:11:00
- 1 daq o'qish
Xitoyning Foshan shahrida chikungunya virusi bilan kasallanish holatlari keskin oshgani sababli hukumat COVID-19 davridagi profilaktika choralarini yana joriy qildi. Virus chivinlar orqali yuqadi, isitma, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq, ko‘ngil aynishi kabi simptomlar bilan kechadi.
Mamlakatda ommaviy dezinfeksiya ishlari boshlangan. Fuqarolarga suv yig‘iladigan idishlarni tozalash buyurilgan, bu talabga amal qilmaganlarga 10 ming yuangacha jarima belgilangan.
Xitoy hukumati virus tarqalishining oldini olish uchun milliy epidemiologik choralarni davom ettirmoqda.