• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Chelsi” Ramazonda iftorlik o‘tkazuvchi ilk ingliz klubi bo‘ladi

“Chelsi” Ramazonda iftorlik o‘tkazuvchi ilk ingliz klubi bo‘ladi
  • 3
  • 14.03.2023 16:01:00

“Chelsi” Ramazonda iftorlik o‘tkazuvchi ilk ingliz klubi bo‘ladi

Londonning “Chelsi” klubi APL klublari orasida birinchi bo‘lib o‘z stadionida iftorlik o‘tkazishini eʼlon qildi.

 (https://www.chelseafc.com/en/news/article/chelsea-fc-to-host-first-ever-open-iftar-at-stamford-bridge)Klub rasmiy saytida qayd etilishicha, “Chelsi” bunday marosimni o‘tkazgan Premyer-liganing birinchi klubi bo‘lmoqda.

“Sizga shuni mamnuniyat bilan maʼlum qilamizki, klub Ramazon oyi munosabati bilan 26-mart kuni uy stadioni “Stemford Brij”da iftorlik tashkil qiladi. Iftorlikda mahalliy musulmon jamoatini intizorlik bilan kutib qolamiz”, - deyiladi klub xabarida.
 
Klub xabarida jamoaning islom diniga eʼtiqod qiluvchi aʼzolaridan Kalidu Kulibali va Vesle Fofana barcha ro‘zadorlarni iftorlikka taklif qilgan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News