• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Chavatili sho‘rva

Chavatili sho‘rva
  • 10
  • 16.07.2024 15:05:00

Chavatili sho‘rva

🍽Kechki dasturxoningiz uchun vitaminlarga boy boְ‘lgan Chavatili sho‘rva retseptini taqdim etamiz😍

🥩Masalliqlar:

Go‘sht 500 gr;
Piyoz 1 ta;
Sabzi 1 ta;
Kartoshka 4 ta;
Bulg‘or qalampiri 2 dona;
Sarimsoq 2 dona;
Un 300 gr;
Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi: 

Ishimizni qozonga suv solib go‘shtlarni solishdan boshlaymiz.
Barcha masalliqlarni tozalab to‘g‘rab olamiz va sho‘rva qaynagandan keyin videoda ko‘rsatilganidek birin- ketin solib chiqamiz.
Ha aytgancha ziravorlar sedan chiqmasin.
Biz yanada mazali chiqishi uchun lavr yaprog‘i ham soldik, siz xohishingizga qarab solmasligingiz ham mumkin.
Sho‘rva past olovda qoldirib, xamir qorishni boshlaymiz.
Oddiy tuzli suvga 1 zuvala xamir qorib, ozgina tindiramiz va bo‘laklarga bo‘lib chiqamiz.
Har birini yupqa qilib yoyib duxovkada pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News