O‘zbekistonda ChatGPT Go obunasi ishga tushdi

O‘zbekistonda ChatGPT Go obunasi ishga tushdi
  • 11
  • 21.10.2025 16:56:00
  • 1 daq o'qish

OpenAI kompaniyasi 70 dan ortiq rivojlanayotgan davlatlarda ChatGPT Go nomli yangi, arzonroq tarifni joriy etdi. Undan o‘zbekistonliklar ham foydalana oladi. Yangi tarifning oylik narxi $5 (taxminan 60 ming so‘m)ni tashkil etadi. Go obunasi foydalanuvchilarga GPT-5 modelidan kengaytirilgan so‘rov limiti, rasm generatsiyasi, fayl yuklash va ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, dialoglarni eslab qoluvchi kengaytirilgan kontekstli oyna ham mavjud. Bu tarif orqali foydalanuvchilar shaxsiylashtirilgan GPT modellaridan foydalanishi va ko‘proq loyihalar yaratishi mumkin bo‘ladi. Biroq Go obunasi ChatGPT 4o kabi eski modellarni o‘z ichiga olmaydi. ChatGPT Go dastlab avgust oyida Hindistonda ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda 89 mamlakatda, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda ham faol.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News