- 6
- 06.09.2023 10:26:00
“Piyozli chalop”
“Lazzat Dunyosi” bugun sizlarni noodatiy “Piyozli chalop” retsepti bilan xursand qiladi. Ushbu tez va oson tayyor bo‘ladigan chalopni albatta tayyorlab ko‘ring.😇
🧄Masalliqlar:
🧅Piyoz
🥣Suzma
💧 Suv
🥦Ko‘kat
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Birinchi bo‘lib ishimizni piyozimizni to‘g‘rab olishdan boshlaymiz.
- Buning uchun, 6 ta o‘rta kattalikdagi piyoz ishlatdik.
- To‘g‘ralgan piyozni qaynab turgan suvga solib, qopqog‘ini yopib, 10 minutcha qaynatib olamiz.
- Piyoz qaynatgan suvni sovutib, suzma bilan suyultiramiz.
- So‘ng hamma mahsulotlarni aralashtirib, tuz solamiz.
- Xohishingizga qarab ko‘kat yoki eritilgan sariyog‘ ham solishingiz mumkin.
- Ana endi to‘g‘ralgan qotgan non bilan mazza qilib iste’mol qilsangiz bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha😋





