Markaziy Osiyo suv tanqisligi tahdidi ostida ekani aytildi

Markaziy Osiyo suv tanqisligi tahdidi ostida ekani aytildi
  • 2
  • 31.03.2026 09:28:00
  • 1 daq o'qish

Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, muzliklarning tez sur’atlarda erishi Markaziy Osiyoda jiddiy suv tanqisligiga olib kelishi mumkin. 2024/2025 gidrologik yili muzliklar uchun eng og‘ir davrlardan biri bo‘lib, ularning massasi keskin kamaygani qayd etildi. Pomir, Tyan-Shan va Hinduqush muzliklari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va Panj kabi yirik daryolarni suv bilan ta’minlaydi. Shu sababli mintaqa davlatlarining suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va ekotizimlari bevosita xavf ostida qolmoqda.

Mutaxassislar dastlab suv oqimi ko‘payishini, ammo keyinchalik daryolar sathi pasayib, uzoq muddatli tanqislik yuzaga kelishini ta’kidlamoqda. Bu jarayon “suv cho‘qqisi”dan keyingi pasayish bosqichi sifatida baholanmoqda.
Bundan tashqari, yirik GES loyihalari va iqlim o‘zgarishi birgalikda vaziyatni yanada murakkablashtirib, ayniqsa Orolbo‘yi hududiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News