• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Karamelli shaftoli”

  • 3
  • 27.09.2023 07:51:00

“Karamelli shaftoli”

Shaftoli bilan hayratlanishga tayyormisiz? 😍Shaftolining karamel va muzqaymoq bilan aralashmasi “Karamelli shaftoli” deserti yordamida kechki kayfiyatingizni ko‘tarishning vaqti keldi.😋

🍑Masalliqlar:

2 dona shaftoli;
1 qoshiq sariyog‘;
2 qoshiq jigarrang shakar (asal yoki oddiy shakardan ham foydalanishingiz mumkin);
vanilinli muzqaymoq;

🥜Bezatish uchun:

Funduk;
Xandon pista;
Yong‘oq;

👩🏻‍🍳 Tayyorlanishi:

- Shaftolilarni ikkiga bo‘lib olamiz.
- Tovaga jigarrang shakarni solamiz. Past olovda karamel holatiga kelgunicha shakarni eritib olamiz.
- Ustidan sariyog‘ni solamiz.
 - O‘rtasidan ikkiga bo‘lingan shaftolilarimizni tovaga solamiz. Va orqa-oldini karamel bo‘lguniga qadar pishirib olamiz. 
- Karamelli shaftolilarni ustini muzqaymoq, asal, xandon pista va bodom yordamida bezatib olamiz. 

Yoqimli ishtaha 🤤

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News