Kannavaro O‘zbekistonning Kongo bilan o‘yinida g‘alaba uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini aytdi

Kannavaro O‘zbekistonning Kongo bilan o‘yinida g‘alaba uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini aytdi
  • 0
  • 27.06.2026 11:25:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va jamoa sardori Eldor Shomurodov Kongo bilan bo‘ladigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Kannavaro Kongoni tajribali va jismonan kuchli jamoa deb baholab, shunga qaramay, O‘zbekiston maydonga faqat g‘alaba uchun tushishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Jahon chempionatida kuchli raqiblarga qarshi o‘ynash jamoaning rivojlanishi uchun muhim tajriba bo‘lmoqda.
Eldor Shomurodov esa jamoaning asosiy maqsadi muxlislarni xursand qilish ekanini bildirib, endi navbat ilk g‘alabani qo‘lga kiritishga kelganini aytdi. Sardor hujum bilan birga himoyada ham tartib-intizomni saqlash muhimligini ta’kidlab, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarga katta kuch bag‘ishlayotganini qayd etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News