
- 1
- 27.05.2026 23:09:00
Kannavaro AQSHga boradigan 30 kishilik tarkibni e’lon qildi
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro AQSHda o‘tkaziladigan yig‘inga boradigan 30 kishilik kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Neftchi”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”) Himoyachilar: Avazbek O‘lmasaliyev (“OKMK”), Jahongir O‘rozov (“Dinamo”), Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Abdulla Abdullayev (“Dibba”, BAA), Farruh Sayfiyev (“Neftchi”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sherzod Nasrullayev (“Paxtakor”), Behruz Karimov (“Surxon”) Yarim himoyachilar: Sherzod Esanov (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Jasur Jaloliddinov (“So‘g‘diyona”), Aziz G‘aniev (“Al Bataeh”, BAA), Umarali Rahmonaliyev (“Sabah”, Ozarbayjon) Hujumchilar: Abbosbek Fayzullayev (“Bashakshehir”, Turkiya), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron), Ruslan Jiyanov (“Navbahor”), Aziz Omonov (“Dinamo”), Sherzod Temirov (“Erbil”, Iroq), Igor Sergeyev (“Persepolis”, Eron), Eldor Shomurodov (“Bashakshehir”, Turkiya) Toshkentdagi 40 kishilik yig‘inga jalb qilingan Muhammadrasul Abdumajidov, Diyor Ortiqboyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Nodir Abdurazzoqov, Alisher Odilov, Sardor Bahromov, Husayn Norchayev va Muhammadqodir Hamraliyev ushbu ro‘yxatga kiritilmadi. Oʻzbekiston Jahon chempionatida qatnashish uchun 26-may kuni Toshkent – Nyu-York yoʻnalishida uchib ketadi. Murabbiylar shtabi 1-iyun kuni Kanada bilan, 8-iyunda esa Niderlandiya bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Jahon chempionatida qatnashuvchi 26 kishilik yakuniy tarkib Mundial oldidan e’lon qilinadi. Ma’lumot o‘rnida, bosh murabbiy Fabio Kannavaro ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 40 nafar futbolchini jalb etgan. Bu yig‘in yakunida murabbiylar shtabi AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida qatnashadigan yakuniy tarkibni saralab oladi.





