
- 0
- 07.08.2026 18:07:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda BYD haydovchisi uchta mashinani qasddan urgani aks etgan video tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 4-avgust kuni Xorazmning Urganch shahrida sodir bo‘lgan. BYD Chazor haydovchisi kelishmovchilik sabab avval Cobalt avtomobilini, shuningdek, to‘xtab turgan yana bir BYD Chazor va Damas’ni urgan. Hodisa oqibatida avtomobillar shikastlangan, fuqarolarga tan jarohati yetmagan. Ichki ishlar xodimlari voqea joyiga yetib borib, holatni to‘xtatgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.