Burger King yana O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

 Burger King yana O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi
  • 3
  • 22.04.2025 16:24:00
  • 1 daq o'qish

Bu haqda 18-aprel kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Pepsi va boshqa ichimliklar ishlab chiqaruvchi  International Beverages Tashkent kompaniyasi ta’sischisi Shuhrat Ergashov ma’lum qilindi.
Tadbirkor prezident bilan muloqotda Burger King bilan kelishuvga erishgani, O‘zbekistonda tez ovqatlanish restoranlarini ochish uchun litsenziya olganini aytgan.
Uning ta’kidlashicha, Burger King kompaniyaga markaziy ofisni Toshkentda ochib, butun Markaziy Osiyo uchun litsenziya berishni taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyulida ham Burger King O‘zbekiston bozoriga kirayotgani haqida xabarlar chiqqan, biroq bu amalga oshmagandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News