- 1
- 23.12.2024 14:45:00
Reportaj payti qulagan ko‘prik
Braziliyada bloger 60 yil avval qurilgan 550 metrli ko‘prikning ayanchli ahvoli haqidagi reportajni suratga olayotgan vaqtda ko‘prik qulab ketdi. Natijada sulfat kislota ortilgan uchta yuk mashinasi, uchta mototsikl va bir nechta yengil avtomobil daryoga qulagan. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, 10 kishi bedarak yo‘qolgan.
Qutqaruv ishlari xavfli kimyoviy moddalarning sizib chiqishi tufayli murakkablashmoqda. G‘avvoslar qidiruv ishlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘yishdi, qidiruv ishlari uchun hozir faqat qayiqlardan foydalanilmoqda.