
- 5
- 19.11.2026 14:31:00
- 1 daq o'qish
Braziliyaning Amazonka örmonlarida taşqi dunyodan ajralib yaşovçi Ava qabilasining qariyb 20 nafar vakili ilk bor uzoq tanaffusdan söng odamlar bilan aloqa örnatdi. Ular mahalliy aholidan oziq-ovqat söragan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
17-noyabr kuni huquq himoyaçilari uşbu uçraşuv aks etgan noyob suratlarni e’lon qildi. Ularning fikriça, qabila vakillari hududga noqonuniy daraxt kesuvçilar, ovçilar va çorvadorlar bostirib kirayotgani sabab oziq-ovqat izlaşga majbur bölgan.
Braziliyaning mahalliy xalqlar işlari böyiça Funai agentligi vaziyatni nazoratga olgan. Mutaxassislar qabila vakillarini turli kasalliklardan himoya qilişga alohida e’tibor qaratmoqda.
Huquq himoyaçilariga köra, taşqi dunyo bilan kutilmagan aloqa qabila uçun xavfli. Çunki ularda oddiy kasalliklarga ham qarşi immunitet bölmasligi mumkin. Şu sababli Braziliya hukumati qabilani bezovta qilmaslik siyosatiga amal qilmoqda.