
- 0
- 01.08.2025 11:20:00
- 1 daq o'qish
Xitoyda 3 yoshli bola 18-qavatdan pastga qulab tushdi, ammo mo‘jizaviy tarzda tirik qoldi. Uydagilar uni uxlayapti deb o‘ylab, uy eshigini qulflab oziq-ovqat xaridiga chiqqanida bola uyg‘onib, hojatxonadagi ochiq derazadan yiqilib tushgan.
Bolakay 17-qavatdagi ochiq deraza sabab chetga og‘ib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri daraxtga tushgan. Shu daraxt hayotini saqlab qolgan. Mahalla aholisi tez yordam chaqirgan. Bolaning qo‘li singan, umurtqasi va ichki a’zolari shikastlangan, lekin boshi sog‘.
Otasi daraxtni minnatdorchilik belgisi sifatida qizil gullar bilan bezagan.