Dengizda 17 soat qolib ketgan bolakay qutqarildi

Dengizda 17 soat qolib ketgan bolakay qutqarildi
  • 0
  • 29.03.2025 12:15:00
  • 1 daq o'qish

Janubiy Xitoy dengizida 10 yoshli bola 17 soat suzib omon qoldi. 22-mart kuni u baliq ovlash uchun qayiqda o‘tirib, uxlab qolgan va shamol uni ochiq dengizga olib ketgan. Ota-ona farzandining yo‘qolganini payqab, darhol politsiyaga murojaat qilishgan. 
Bola oradan 17 soat o‘tib baliqchilar  tomonidan, qirg‘oqdan 30 kilometr uzoqlikda  holdan toygan, yuz, qo‘llari va oyoqlari quyoshdan kuygan holda topilgan. Baliqchilar unga sut ichirib, non yedirishgan va politsiyaga topshirishgan. Oradan bir soat o‘tib, bola ota-onasining quchog‘iga qaytarilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News