
- 1
- 13.05.2023 07:42:00
⚡️ Boks bo‘yicha JCh: Bugun final va 3 ta jang bor
Xabaringiz bor, boks bo‘yicha Jahon Chempionatida yetti nafar bokschimiz finalga yo‘l olgan edi. Bugun finalning dastlabki janglari o‘tkaziladi. Unda hamyurtlarimizdan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov chempionlik uchun ringga ko‘tarilishadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Dulat Bekbauov (Qozog‘iston) 17:15
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Bilal Bennama (Fransiya) 18:15
+92 kg: Bahodir Jalolov - Alexandro Arzola (Kuba) 18:30
Yana to‘rt nafar bokschimiz o‘z final janglarini ertaga o‘tkazishadi.