
- 4
- 24.05.2023 12:55:00
Bodom va mayizli keks
Biz siz bilan oqshom payti sevimli filmingizni tomosha qilayotganda huzur bilan tanavul qiladigan yoki farzandlaringiz uchun ajoyib shirinlik bo‘ladigan retseptni bo‘lishyapmiz📺
Retseptlar daftaringizga yozib olishni unutmang😉
Mana shirinlik retsepti!
🍇Masalliqlar:
3 ta tuxum;
Yarim stakan shakar;
1 stakan sut;
Yarim stakan yog‘;
1 choy qoshiq dolchin;
1 pachka qabartma (razrixlitel);
1,5 stakandan biroz ko‘proq un;
Mayiz (taxminan 1 stakan);
🧁 Qo‘shimcha:
Bodom
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- 3 dona tuxumni shakar bilan yaxshilab aralashtiring.
- Sut va yog‘ qo‘shib ko‘pirtirishni davom ettiring.
- Dolchin, razrixlitel va un qo‘shib aralashtiring.
- Unga solingan mayizlarni va maydalangan bodomni qo‘shib aralashtiring.
- Tayyorlagan xamirimizni qog‘ozli qoliplarga solib chiqamiz.
- Keks xamirimiz ustidan maydalangan bodom sepamiz.
- Oldindan qizdirilgan 170° C pechda taxminan 30 daqiqa pishiramiz.
- Kekslarimiz duxovkada pishayotganda, bug‘lash uchun pechda issiqqa chidamli idishga ozgina suv qo‘yishingizni maslahat beramiz.
- Kekslarimizni issiq holda dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha 🤤





