- 1
- 14.02.2025 13:28:00
#boburday
❤️🎂14-fevral uchun yoringizga nima sovg‘a bersam ekan deb hali ham o‘ylab o‘tiribsizmi? Unday bo‘lsa o‘z qo‘llaringiz bilan oson va tez tayyor bo‘ladigan tort retseptini bizdan kutib oling😍
🍫Masalliqlar:
3 ta tuxum;
3 osh qoshiq shakar;
3 osh qoshiq un;
100 gr shanti;
50 ml suv;
100 ml qaymoq;
50 ml quyultirilgan sut;
50 ml tvarojniy sir;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni 3 ta tuxumni oqidan sarig‘ini ajratib olishdan boshlaymiz va tuxum oqini qattiq massa bo‘lgunga qadar ko‘pirtirib olamiz.
Tuxum oqi ko‘pik holatiga kelgandan so‘ng 3 osh qoshiq shakarni ham qo‘shamiz va shakar erigunga qadar ko‘pirtiramiz.
Undan so‘ng 3 ta tuxum sarig‘ini ham qo‘shib aralashtirib olamiz, oxirida esa un qo‘shib pastdan tepaga qarab aralashtirib olamiz.
Biskvitimizni 160 darajada qizib turgan duxovkada 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz va pishgan biskvitimizni 1 soat davomida xona haroratida qoldiramiz.
Krem uchun 100 ml qaymoq, 50 ml quyultirilgan sut va 50 ml tvarojniy sirni qo‘shib ko‘pirtirib olamiz.
Undan so‘ng shanti kremni ham tayyorlab olamiz.
Tortimizni birin-ketin terib, o‘z xohishimizga ko‘ra bezatamiz.
Yoqimli ishtaha😋