
- 7
- 11.07.2023 07:49:00
Qozog‘istonda blogerlar soliq to‘lashga majbur bo‘ladi
Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlarning mashhur foydalanuvchilari o‘z resurslari, bloglari va reklamadan olgan daromadlari uchun soliq to‘lashi kerak bo‘ladi. Tegishli qonunni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev imzoladi.
Ularga bunday reklamalarni mos ravishda markalash talab qilinadi. Influenserlar nashr etilgan kontent uchun javobgar bo‘lishi va rasmiy hisobni yuritishi talab qilinadi.
Yolg‘on ma’lumotlarni joylashtirgan onlayn platforma foydalanuvchilari 20 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi blogerlar uchun esa bu 40 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichida bo‘ladi. Qozog‘istonda 2023-yil oylik hisob-kitob indeksi 3450 tengeni (7,7 dollar) tashkil etadi.
Bundan tashqari, onlayn platformalar egalari qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va yolg‘on ma’lumotlarga qarshi kurashda davlat organlari bilan hamkorlik qilishi kerak bo‘ladi.
Manba: daryo.uz